Qurʼon zali konsepsiyasini yanada mukammallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Ilmiy kengashi navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Qurʼon zalini eksponatlar bilan boyitish, ekspozitsiyani tashkil etish hamda rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan yakuniy taklif va xulosalar muhokama qilindi.

Maʼlumki, davlat rahbari tashabbusi bilan barpo etilayotgan mazkur markazda Qurʼon zali alohida konsepsiyaga ega boʻladi. Hozirda uni mazmunan boyitish, eksponatlarni tanlash va zamonaviy texnologiyalar orqali namoyish etish boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Qurʼon zalida Oʻzbekiston tarixiga aloqador 114 ta noyob Qurʼon nusxasi jamlanadi. Ular orasida islom olamida muqaddas sanalgan Hazrati Usmon Qurʼoni, VIII asrga oid Katta Langar Qurʼoni, shuningdek, turli tarixiy davrlarda koʻchirilgan yoki asrab kelingan qimmatli qoʻlyozmalar mavjud.

Yigʻilishda zalda multimedia mahsulotlari, virtual ekspozitsiyalar, interaktiv ekranlar, audiogidlar va boshqa zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Bu tashrif buyuruvchilarga Qurʼon nusxalarining tarixiy va madaniy ahamiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi.

Yakuniy qarorlar asosida Qurʼon zalining konsepsiyasi yanada takomillashtiriladi hamda uni xalqaro miqyosda noyob ilmiy-maʼrifiy maskanga aylantirish choralari koʻriladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma