Xattotlik va kitobot sanʼati maktablari tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Xalqaro xattotlik va kitobot sanʼati maktablari tashkil etilishi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Unda maktablarni qay tartibda tashkil etish boʻyicha takliflar tinglandi. Xattotlarga nafaqat xattotlik sanʼati, balki, keng doirada ilmlar ham berilishi zarurligi aytib oʻtildi. Bunda Misrdagi xattotlik maktablaridan andoza olish kerakligi, shuningdek maktab bitiruvchilarini sohaviy keng qamrovli ishlarga jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.
— Xattotlik sanʼat darajasiga koʻtarilgan katta ilm, aslida. Shuning uchun ham kishidan uni oʻrganish katta mashaqqat va qunt talab etadi. Xattot ijodkordir. Unga tinch va yorugʻ xona kerak. Markazdagi maktablar ham ana shunday sokin va yorugʻ boʻlishi shu bilan birga, oʻquvchi sigʻimi ham koʻp boʻlmasligi kerak. Maktablarni tashkil etishda ana shu jihatlarga ahamiyat qaratilyapti, — dedi Markaz ilmiy xodimi, xattot Najmiddin Fayoziy.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, maktabning umumiy darsxonalari soni 20 ta tani tashkil etadi. Tahsil oladigan oʻquvchilarning yoshi esa 12 yoshdan 70 yoshgacha boʻlishi, auditoriyada jami 8 nafargacha tinglovchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
