Temuriylar merosi asosida “Ikkinchi Renessans davri” ekspozitsiyasi takomillashtirilmoqda
Temuriylar tarixi davlat muzeyida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi "Ikkinchi Renessans davri" ekspozitsiyasining Temuriylar davri sektori boʻyicha yaratilishi koʻzda tutilgan loyihalar qayta koʻrib chiqildi. Unda tarixiy haqiqat va ilmiy izchillikni taʼminlash maqsadida bir qator muhim takliflar ilgari surildi.
Loyiha aʼzolari tomonidan ekspozitsiyani aniq bosqichlarga ajratish, toifalarning ichki tartibini qayta koʻrib chiqish, zamon ruhini toʻla ifodalovchi qoʻshimchalar kiritish zarurligi taʼkidlandi. Ayniqsa, Temuriylar davrida ilm-fan, adabiyot va sanʼatning ravnaq topgan bosqichlarini yanada aniqroq aks ettirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Har bir Temuriy shahzoda hukmronligi davrida faoliyat yuritgan mashhur olim va adiblarning ijodini toʻgʻri va adolatli taqsimlash, ularning tarixiy oʻrnini haqqoniy yoritish borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan asosiy siymolar kim boʻlishi kerakligi haqida qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuv natijalari asosida ekspozitsiyani yanada mazmunli, ilmiy asoslangan va tomoshabinga tushunarli shaklda boyitish rejalashtirilmoqda. Bu orqali "Ikkinchi Renessans" tushunchasi Temuriylar davri misolida yanada chuqurroq ochib beriladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
