Ijtimoiy-axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik hadislar jamlanmasining elektron bazasi yaratiladi
Yangi Oʻzbekiston davrida diniy-maʼnaviy merosni asrash, targʻib qilish va zamonaviy texnologiyalar orqali jamoatchilikka yetkazish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ijtimoiy-axloqiy va tarbiyaviy ahamiyatga molik hadislar jamlanmasining elektron bazasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida 1500 ta hadisni oʻz ichiga olgan elektron baza shakllantiriladi. Unda inson odobi, oila, muomala madaniyati, halollik, adolat, sabr-toqat, mehr-oqibat kabi turli mavzularga oid hadislar jamlanadi.
Bu baza, ayniqsa, markazga tashrif buyuruvchilar uchun katta manba vazifasini oʻtaydi. Ular oʻzlarini qiziqtirgan mavzular boʻyicha hadislarni izlab topish, oʻqish va tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa hadis ilmini ommalashtirish, yosh avlodga islom axloqi va odoblarini singdirishda muhim rol oʻynaydi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
