Islom sivilizatsiyasi markazi: yangi nashrlar, nurli installyatsiya va Qurʼon zalidagi yangicha yondashuv
Ilmiy kengash yigʻilishida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati qoʻshma loyihasi — "Oʻzbekiston madaniy merosi" turkumidagi kitob-albomlarning 81-90 jildlarini nashr qilish masalasi koʻrib chiqildi. Shuningdek, nashrga tayyorlanayotgan yettita sovgʻabop kitob albom haqida maʼlumot berildi.
Yigʻilishda kengash aʼzolari Qurʼon zalining yangicha dizaynini ham tasdiqlashdi.
"Qurʼon zali binoning markaziy qismidan oʻrin olgani uchun uning dizayniga alohida eʼtibor berilyapti. Biz Kengash aʼzolari eʼtiboriga Hazrati Usmon qurʼoni joylashtiriladigan ayvon ustida joylashadigan nurli installyatsiyaning ikki xil koʻrinishini taqdim qildik. Yigʻilishda eng maqbul variant tanlandi", — deydi Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi xodimi Azimjon Gʻafurov.
Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan.
Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar samarali olib borilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
