Euronews’da o‘zbek ipakchilik san’ati haqida maqola chop etildi
Dunyoga mashhur Euronews internet nashrida O‘zbekistonning ipakchilik san’ati, uning noyob texnikasi va tarixi bilan tanishtiruvchi "Unraveling the art of silk production in Uzbekistan" nomli maqola chop etildi.
Maqolada asrlar davomida mamlakatning tashrif qog‘ozlaridan biri bo‘lib kelgan o‘zbek ipakchiligi negizida yotgan jarayonlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Nashr ipak qurti yetishtirishdan tortib, tayyor matolar yaratishgacha bo‘lgan an’anaviy usullar yordamida ipak qanday ishlab chiqarilishi haqida so‘z yuritadi. Bu murakkab san’at avloddan avlodga o‘tib, muhim madaniy va iqtisodiy ahamiyatini saqlab qolgan.
Yevropaning 24 soatlik mazkur nufuzli axborot saytida mazkur maqolaning e’lon qilinishi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi ijobiy imijini mustahkamlash yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma