Ilm, maʼrifat va madaniyat yoʻlidagi karvon Buxoro va Andijonda

 

Ayni kunlarda “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusiga bagʻishlangan "Maʼrifat karvoni" targʻibot tadbirlari respublika boʻylab davom etmoqda. Ziyolilar guruhi Buxoro va Andijon viloyatlarining turli hududlarida boʻlib, targʻibot chiqishlari bilan ishtirok etmoqda. 

 

 

Kuni kecha boʻlib oʻtgan tadbirlar doirasida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori" mavzusida ilmiy-maʼrifiy forum, “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasiga oid uchrashuv, shuningdek, “Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy filmlar namoyishi tashkil etildi.

 

 

"Maʼrifat karvoni" yurtimizda amalga oshirilayotgan ilm-fan, maʼnaviyat va maʼdaniyat sohalaridagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida ijtimoiy faollik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.  

 

Loyiha Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,  Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akamiyasi, «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati va boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.