Kaʼba tasviri tushirilgan surat megaloyiha ekspozitsiyasidan joy olishi kutilyapti
1870-yilga mansub Kaʼba tasviri grafika uslubida ishlangan. Surat sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, rassom, Behzod Hojimetovga qoldirilgan oilaviy merosdir.
Tasvir Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining "Ikkinchi renessans davri" boʻlimining "Xonliklar" yoʻnalishi ekspozitsiyasidan oʻrin olishi kutilmoqda.
Tasvir eni 1,80 sm, boʻyi 94 sm ipak matosiga ishlangan boʻlib, tilla bezaklar bilan ishlov berilgan. Feruza ranglar qoʻshib, mahorat bilan chizilgan Kaʼba tasviri ostiga Qurʼon oyatlaridan parchalar keltirilgan. Bir yarim asr oldingi davrga tegishli surat Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirilganida holati yaxshi boʻlmaganligi bois Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi restavratori Shuhrat Poʻlatov tomonidan 3 oy davomida yapon qogʻozi bilan qayta restavratsiya qilindi.
Rassomning taʼkidlashicha, rasm orqali XIX asrning oxirida ham Kaʼbaning qanaqaligi va uni chizish boʻyicha xalq orasida qiziqish boʻlgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
