“Maʼrifat karvoni” Sirdaryoda davom etmoqda


 

“Tamaddun, madaniyat va maʼrifat" mavzusidagi "Maʼrifat karvoni"ning ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari Sirdaryo viloyatida qizgʻin davom etmoqda.

 

Viloyatning Guliston tumanida “Farovon hayotga ilk qadam” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir doirasida oʻtkazilgan ijtimoiy-maʼrifiy loyihalar aholi orasida katta qiziqish uygʻotdi.

“Maʼrifat karvoni” targʻibotchilari bilan jonli muloqotlar ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarining dastlabki bosqichi Yangiyer tumanidagi "Muruvvat" internat uyida “Inson qadri” shiori ostidagi uchrashuvlar bilan davom etdi. 

 

Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Saida Rametova, Shohida Uzoqova, Gulbahor Erqulova, shuningdek, xonandalar Bekzod Eshonov va Sardor Gʻofurov ishtirok etib, tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashishdi.

 

Ushbu loyiha Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,  Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akamiyasi, «Maʼrifat» targʻibotchilar jamiyati va boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda oʻtkazilmoqda.