Loyihalarning ijrosi va xalqaro forum muhokamada
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi maxsus shtabida ekspozitsiyani boyitish maqsadida ishlab chiqilgan ilmiy-innovatsion loyihalarning amaliy ijrosi yana bir bor tahlil qilindi. Hisobot onlari yaqinlashayotgani sabab maxsus shtabda muhokamalar va ishlar sarhisobi yanada jadallashgan.
Ekspozitsiyani shakllantirish boʻyicha ishchi guruhning boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishida markazning ilmiy xodimlari, muzeyshunoslar, rassomlar, dizaynerlar, multimedia mutaxassislari va boshqa soha vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda ekspozitsiyaning birinchi toifa bosqichi, nodir qoʻlyozmalar, arxeologik artefaktlar va asl asarlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan amalga oshirilgan dastlabki natijalar muhokama qilindi. Shuningdek, ikkinchi toifaga mansub eksponatlar, mulyajlar, maketlar, 3D texnologiyalar, audiovizual uskunalar va boshqa zamonaviy koʻrgazma vositalar boʻyicha ilmiy-metodik va dizayn talablari belgilab olindi.
Markazning Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulnora Gʻaniyevaning qayd etishicha, ushbu ilmiy innovatsion loyihalar asosidagi ekspozitsiyani yaratishda nafaqat tarixiy haqiqatni toʻgʻri aks ettirish, balki yosh avlod uchun zamonaviy, qiziqarli va taʼsirli usullardan foydalanish ham maqsad qilingan.
“Islom sivilizatsiyasi ilm-fan, madaniyat va maʼrifatda erishgan ulkan yutuqlar bosqichma bosqich har bir tashrif buyuruvchi uchun chuqur his etiladigan darajada namoyon etiladi”,— deydi Gulnora Gʻaniyeva.
Muhokamada, shuningdek, Markaz rasmiy ochilishi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro forum haqida ham soʻz yuritildi. Unda forum mavzulari, ishtirokchilar tarkibi, ilmiy panel sessiyalari va amaliy tadbirlar boʻyicha dastlabki rejalar muhokama qilindi.
Forum orqali islom sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi xalqaro akademik jamoatchilik bilan baham koʻrilishi, Oʻzbekistonning bu boradagi ilmiy salohiyati yanada namoyon boʻlishi kutilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
