Imom Buxoriy eʼtirof etgan alloma haqida qiziqarli 10 fakt
— Termiz yaqinidagi Bugʻ qishlogʻida 824 yilda tavallud topgan allomaning toʻliq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy;
— Uzoq yillar Iroq, Isfahon,Xuroson, Makka va Madinada davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi.
Imom Termiziyning zamondoshi hisoblablangan Imom Buxoriyning Nishopurdagi uchrashuv yillari davomida Termiziy haqida:„Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim“,— deb katta baho beradi;
— Hadis ilmida Imom Buxoriy, Imom Muslim, Qutayba ibn Said kabi hadis olimlaridan ilm olgan;
— Imom Termiziy oʻz asarida ahlul-hadis va ahlur-raʼy oʻrtasidagi tafovutlarni muvozanatli bayon qilib, har ikki taraf fikrlarini zikr qilgan. Bu uni ekumenik (eklektik) muhaddis sifatida tanitadi;
— Muhaddis 6ta ishonchli haidslar toʻplamini jamlagan Sahihi Termiziy asarini yaratib, manbalarda bu asar „Jomeʼ at-Termiziy“, „Sunani Termiziy“ nomlari bilan ham ishlatilgan;
— Termiziyning muhim asarlaridan yana biri arab tilida yozilgan „Ash-Shamoil an-nabaviya“ 408 hadisni oʻz ichiga qamragan manbadir. Kitobning XVI asrga oid bir qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanadi;
— Manbalarga koʻra, Imom Termiziy hayotining oxirgi yillarida koʻz nurini yoʻqotgan;
— Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirilgan;
— Ayni paytda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Abu Iso Termiziy” medialoyihasi amalga oshirilib, Oʻzbekiston va jahon fondlarida saqlanayotgan Imom Termiziy asarlari qoʻlyozmalari katalogi yaratilib, elektron nusxalari va faksimillari tayyorlanadi. Mutafakkir haqida videorolik ishlanadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
