Fitrat faoliyatiga bagʻishlangan yangi medialoyiha taqdim etiladi

 

Fitrat XX asr oʻzbek adabiyoti mashhur maʼrifatparvari, adib va siyosiy arbob, shuningdek, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. U oʻzining adabiy va lingvistik faoliyati  orqali oʻzbek va turkiy tillarning  rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbek  adabiyotining yangi shakllarini yaratishga  harakat qilgan va shu orqali milliy oʻzlikni  anglashga hissa qoʻshgan.

 

Fitrat 1921 yilda  Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori boʻlgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V.A.Uspenskiy singari musiqashunoslarni  ham taklif etgan. U shu vaqtdan boshlab, “Shashmaqom” kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qilgan. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib, nashr etilgan.

 

Maʼrifatparvar Abdurauf Fitrat buxorolik talabalarni Germaniyaga yuborish tashabbuskorlaridan biri ham edi.

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi "Oʻzbekiston XX asrda" ekspozitsiyasi uchun Fitrat faoliyatiga bagʻishlangan “Fitrat — Sharq musiqasi bilimdoni” medialoyihasi tashkil etilishi belgilangan.