Markaziy Osiyoning ilk tarixchilaridan biri haqida qiziqarli 10 fakt
1. Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiyning ismidagi «Narshaxiy» soʻzi uning tugʻilgan qishlogʻi nomidan olingan;
2.Abu Bakr Narshaxiy Markaziy Osiyoning ilk tarixchilaridan biri hisoblanadi;
3.Eng mashhur asari – “Tarixi Buxoro”. Bu asar nafaqat Buxoro, balki butun Markaziy Osiyo tarixi haqida maʼlumot beradigan muhim manba boʻlib, Nuh ibn Nasrga bagʻishlab yozilgan;
4.Arab tilida yozilgan asarning asl nusxasi yoʻqolgan boʻlib, bizgacha XI asrda fors tiliga qilingan tarjimasi yetib kelgan;
5. “Tarixi Buxoro” asari Oʻzbekiston, Eron, Afgʻoniston va Markaziy Osiyoning boshqa hududlari tarixini oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.
6. Narshaxiy oʻz asarida tarixiy faktlar bilan birga ogʻzaki rivoyatlarni ham keltirib oʻtgan. Bu uslub orqali u Buxoroning nafaqat siyosiy, balki diniy, madaniy va xalq ogʻzaki merosini ham hujjatlashtirgan.
7.Asarda islomgacha boʻlgan davrlar ham yoritilgan. Jumladan, zardushtiylik, shamanlik va qadimgi eʼtiqodlar haqida maʼlumotlar mavjud.
8.Asar Narshaxiy vafotidan keyin ham avlodlari tomonidan davom ettirilgan. Keyinchalik esa, asar qisqartirilib, ayrim qoʻshimchalar kiritilgan.
9. "Buxoro tarixi" asari Parijda fransuz, Buxoro va Tehronda fors, Toshkentda rus va oʻzbek, Kembrijda ingliz, Dushanbeda tojik tillarida nashr etilgan.
10. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini yanada boyitish maqsadida Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asari loyihasi II bosqichga kiritilgan boʻlib, loyiha asosida “Tarixi Buxoro” asari qoʻlyozmalari aniqlanishi, ushbu asarning elektron nusxasi va faksimile nashri tayyorlanishi hamda muallif haqida videorolik ishlanishi koʻzda tutilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
