"Tamaddun, madaniyat, maʼrifat" mavzusida tashkil etilgan "Maʼrifat Karvoni" targʻibot guruhining Surxondaryo viloyatidagi ilmiy-maʼrifiy tadbirlari davom etmoqda

 

    "Tamaddun, madaniyat, maʼrifat" mavzusida tashkil etilgan "Maʼrifat Karvoni" targʻibot guruhining Surxondaryo viloyatidagi ilmiy-maʼrifiy tadbirlari davom etmoqda. 

 

    Termiz davlat universitetida oʻtkazilgan "Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans poydevori" mavzusidagi ilmiy-maʼrifiy forum ushbu targʻibotning yana bir muhim bosqichi boʻldi.

 

 

 

   

    Termiz davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining asosiy boʻlimlaridan biri boʻlgan "Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans poydevori" mavzusida oʻtkazilgan  ilmiy-maʼrifiy forum ushbu targʻibotning yana bir muhim bosqichi boʻldi.

 

   Unda Oʻzbekistonning boy tarixiy merosi, buyuk mutafakkirlarimiz qoldirgan ilmiy va maʼnaviy xazinasi, shuningdek, bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi uygʻonish davrining asosiy yoʻnalishlari haqida atroflicha fikr va mulohazalar bildirildi.

 

    Forum doirasida maʼrifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar, maʼruzalar, davra suhbatlari tashkil etilib, ishtirokchilarga Islom tamaddunining insonparvarlik, ilm va madaniyatga boʻlgan hissasi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etiladi. Shu orqali yosh avlodni maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy oʻzlikni anglash va global tahdidlar sharoitida mafkuraviy barqarorlikni mustahkamlash maqsad qilib olingan.

 

    Forum – Yangi Oʻzbekistondagi maʼnaviy uygʻonish, ilm-fanga boʻlgan munosabatning yangi bosqichga koʻtarilayotganini anglatadi. Uning har bir tadbiri “Yangi Renessans” gʻoyasini amalda targʻib qilishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

Forum davomida ilmiy va madaniy yangiliklar, shuningdek, mamlakatimizning Islom sivilizatsiyasiga oid tarixiy yutuqlari haqida kengroq maʼlumotlar taqdim etildi. Tadbirning maqsadi - Oʻzbekistonning bugungi oʻrni, ilm-fan, madaniyat va tamaddun sohalaridagi yutuqlarini keng ommaga yetkazish, shuningdek, yangi Renessansning poydevorini shakllantirishda yurtimizning oʻziga xos oʻrnini targʻib qilishdir.
 

 

Eslatib oʻtamiz "Maʼrifat Karvoni" joriy yilning   may - iyun oylarida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.