Oʻzbek olimlarining respublika ilmiy-amaliy seminari boʻlib oʻtmoqda

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston olimlari ishtirokida respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston olimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa qator tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

 

Mazkur ilmiy-amaliy seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev gʻoyasi va tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarini boyitish va bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishda respublika olimlarining fikr-mulohazalarini tinglash uchun tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 29 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi davomida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan birga ilmiy-ijodiy, ilmiy-innovatsion loyihalar bilan tanishib, istiqboldagi vazifalar boʻyicha bir qator topshiriqlar bergan. Xususan, Davlat rahbari Markaz ichki kontenti ham binoning tashqi mahobatidan kam boʻlmasligini alohida qayd etgan holda Konsepsiya doirasida muhim tashabbuslarni ilgari surgan.

 

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha Vasiylik Kyengashining joriy yil 11 mart sanasida Markaz ekspozitsiyasini boyitish, rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

 

Unda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oldiga qoʻyilgan muhim vazifalar ijrosini samarali taʼminlash, shuningdek, Markaz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha belgilab berilgan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi.

Shuningdek, berilgan topshiriqlar, belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha ulugʻ allomalarimizning ilmiy-maʼrifiy merosini, ularning islom sivilizatsiyasi va madaniyatiga, islom maʼnaviyati va falsafasi hamda jahon ilm-fani taraqqiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasini xalqaro hamjamiyatga yetkazish, mamlakatimizda hamda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan islom dini va madaniyatiga oid boy va tarixiy merosini oʻrganish, buyuk allomalarimizning qoʻlyozma va toshbosma asarlarini toʻplash va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻyicha “Sivilizatsiyalar-shaxslar-kashfiyotlar” Konsepsiyasi asosida 5 boʻlim, jumladan,Islomgacha boʻlgan davr, Qurʼoni karim zali, Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans davri, “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori kabi va 9 yoʻnalish doirasida 800 dan ortiq ilmiy innovatsion loyihalar ishlab chiqilib, ishchi guruhlar roʻyxati tasdiqlandi.

 

Vasiylik Kengashining mazkur yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini kontentlar bilan boyitish, takomillashtirish doirasida ishchi guruhlarning 300 dan ortiq, Ilmiy kengashning 18 ta muhokama yigʻilishlari oʻtkazildi.

 

2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, rassomlar, dizaynerlar, hunarmandlar va boshqa qator mutaxassislarni bir maqsad yoʻlida birlashtirgan mazkur keng qamrovli ilmiy-innovatsion loyihalarning texnik topshiriqlari muhokamadan oʻtkazilib, bugungi kunda maʼqullangan takliflar boʻyicha shartnomalar imzolash jarayoni boshlangan.

 

Ayni paytda ushbu loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishini jadallashtirish maqsadida joriy yilning may-iyun oylarida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida olimlar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston olimlari respublika ilmiy-amaliy seminarini oʻtkazishdan maqsad esa Markaz faoliyatini takomillashtirish borasida belgilangan maqsad va vazifalar ijrosini yanada jadallashtirish, Markaz muzeyi ekspozitsiyalari boʻyicha respublika olimlari fikr-mulohazalari, takliflarini inobatga olish hamda ekspozitsiyada joriy etishni taʼminlashdan iboratdir.

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilayotgan, tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob megaloyiha boy maʼnaviy merosni targʻib etishgan qaratilgan boʻlib,  markaz mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga, intellektual va maʼnaviy salohiyatini asrab avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, jamiyatning moddiy va maʼnaviy taraqqiyotiga hissa qoʻshish muhim ahamiyat kasb etadi.