Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi
Bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kengaytirilgan Ilmiy kengash aʼzolari, muzey ekspozitsiyasi va kutubxona fondini shakllantirish hamda Markazning ochilish marosimini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha tuzilgan Ishchi guruh va kichik ishchi guruhlar ishtirokida Qoʻshma yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda quyidagi asosiy masalalar atroflicha muhokama qilindi:
I. Global koʻrgazma boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar:
Koʻrgazmada namoyon etiladigan eksponatlar, ularning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati, joylashuvi va zamonaviy ekspozitsion yechimlar muhokama etildi. Shu bilan birga, koʻrgazmada foydalaniladigan interaktiv va multimediya texnologiyalari haqida fikr almashildi.
II. Markazning rasmiy ochilish marosimiga oid masalalar:
Yuqori saviyadagi ochilish tadbiri ssenariysi, tashrif buyuruvchi mehmonlar tarkibi, protokol ishlari va media yorituv masalalari boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.
III. Ilmiy-innovatsion loyihalar:
Markaz doirasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar, raqamlashtirish, yosh olimlar uchun platformalar, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.
IV. Nashrlar loyihalari:
Markazning ilmiy va maʼrifiy faoliyatini targʻib qilish maqsadida tayyorlanayotgan kitoblar, albomlar va ilmiy maqolalar toʻplamlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
V. Mahalliy ommaviy axborot vositalari bilan ishlash:
OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish, Markaz faoliyati haqida keng jamoatchilikka yetkazish va media kontentlarni tizimli ravishda tayyorlash boʻyicha vazifalar belgilandi.
VI. Multimediya loyihalari:
Hujjatli filmlar, 3D ekspozitsiyalar, virtual sayohatlar va interaktiv loyihalar konsepsiyalari muhokama qilindi. Bu orqali Markazning keng auditoriyaga taqdim etilishiga zamonaviy yondashuvlar belgilab olindi.
Qoʻshma yigʻilish ishtirokchilari Markazning faoliyatini xalqaro talablar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq reja va muddatlar belgilab olindi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
