Oʻzbekiston va Oʻmon oʻrtasida yangi madaniy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Oʻzbekistonning Oʻmondagi elchisi Abdusalom Xatamov “Asrlar osha Oʻmon tarixi” muzeyi direktori al-Yaqzan bin Abdulloh al-Harisiy bilan uchrashdi.
Bu haqida "Dunyo" agentligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, tarixiy va maʼrifiy merosni oʻrganish, shuningdek, bu yoʻnalishda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Elchi Abdusalom Xatamov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va uni barpo etish gʻoyasi haqida soʻzlab berdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar “Asrlar osha Oʻmon tarixi” muzeyi va Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar.
Aytish joiz, “Asrlar osha Oʻmon tarixi” muzeyi Oʻmondagi eng yirik maʼrifiy majmualardan biri boʻlib, marhum sulton Qobus bin Sayid tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey zamonaviy texnologiyalar yordamida mamlakatning tarixiy rivojlanishi va davlatchiligi haqida chuqur maʼlumot beradi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
