Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari: ekspozitsiya uchun yangi eksponatlar tanlab olindi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining “Islomdan avvalgi davr” ekspozitsiyasi boʻyicha ishchi guruh aʼzolari hamda Turkiyaning multimedia texnologiyalari boʻyicha yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan “Outdoor Fastory” mutaxassislari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida ekspozitsiyani interaktiv mediakontentlar bilan boyitish, zamonaviy vizual texnologiyalar asosida takomillashtirish hamda hududiy va tarixiy aniqlikka ega yangi eksponatlarni tanlab olish ishlari amalga oshirildi.
Muhokamalar davomida Qadimgi Baqtriya, Soʻgʻd va Ipak yoʻliga oid tarixiy yoʻllar hamda ularning tarkibiy qismlariga tegishli noyob artefaktlar, mulyajlar va ilmiy asoslangan namunalar tanlab olindi. Bu ekspozitsiya mazmunini yanada boyitish, tarixiy davrlar oʻrtasidagi uzviylikni ochib berish va tomoshabinlarda keng tasavvur uygʻotishga xizmat qiladi.

Shuningdek, turkiyalik mutaxassislar bilan raqamlashtirish, audiovizual formatlar, AR/VR (qoʻshilgan va virtual reallik) texnologiyalarini ekspozitsiyaga joriy etish boʻyicha amaliy taklif va rejalar muhokama qilindi.
Ishchi guruh aʼzolari va “Outdoor Fastory” jamoasi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik yaqin kelajakda yuqori texnologik va madaniy merosning zamonaviy namoyishini taʼminlovchi yangi ekspozitsion yechimlarni yaratishga zamin yaratdi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma