Sayfi Saroyi ilmiy merosiga nazar


    Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Sayfi Saroyi ilmiy merosi” medialoyihasi oʻzbek adabiyoti va tarixida muhim oʻrin tutadigan alloma Sayfi Saroyining boy ilmiy-adabiy faoliyatini oʻrganish va targʻib etishga qaratilgandir.

 

    XIV asrda yashab ijod qilgan Sayfi Saroyi — turkiy tarjima sanʼatining ilk namoyandalaridan biri boʻlib, u mashhur fors shoiri Saʼdiyning “Guliston” asarini “Guliston bit-Turkiy” nomi bilan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Bu asar nafaqat adabiy, balki lingvistik va maʼrifiy jihatdan ham yuksak ahamiyatga ega. Unda Sayfi Saroyi oʻz davridagi ijtimoiy-maʼnaviy masalalarni turkiy tilda ifoda etib, xalq maʼnaviyatiga xizmat qilgan.

 

    Medialoyiha doirasida Sayfi Saroyining hayoti va ijodi, uning asarlaridagi gʻoyaviy-estetik qarashlar, islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni haqida ilmiy tahlillarga asoslangan videolavhalar, maqolalar va grafik materiallar tayyorlanmoqda.

 

    Loyihaning asosiy maqsadi — buyuk ajdodlarimiz qoldirgan maʼnaviy merosni zamonaviy talqinda keng jamoatchilikka yetkazish, ilm va maʼrifatga asoslangan jamiyat bunyodiga hissa qoʻshishdan iborat.

 

    Sayfi Saroyi faoliyatini oʻrganish — nafaqat oʻtmishga nazar, balki istiqbolga yoʻldir. Chunki u tarjima orqali ilm, axloq va odobni elga yetkazishning naqadar ahamiyatli ekanini amalda namoyon etgan ilk ziyolilardan biridir.