Qoʻlyozmadan 3D gacha: oʻtmish sanʼati zamonaviy aks etmoqda

👉 Vaqtni vizualda soʻzlatgan kompozitsiya

 

👉Qadimiy xaritalar, yulduzlar va ulugʻ zotlar bir devorda

 

👉Kecha va bugun oʻrtasidagi muloqot



 

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” ekspozitsiyasining tarkibiy qismi hisoblangan “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori” barelefi kompozitsiyasiga Maxsus komissiya tomonidan bildirilgan takliflar asosida kiritiladigan oʻzgarishlar muhokama qilindi.

 

    Tarixiy davrlarni zamonaviy talqinda aks ettirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ushbu ekspozitsiya loyihasi yurtimizning madaniy merosini yanada chuqurroq, taʼsirliroq va vizual jihatdan kuchli ifoda etishga qaratilgan.

 

    Mazkur loyiha doirasidagi barcha qismlar yuzasidan muhim takliflar ilgari surildi:

 

🔹 Qadimgi madaniyat va sanʼat qismida “Qoya suratlari” mavzusida arava va ohu obrazlari orqali insonning bunyodkorlik sari ilk qadamlari ifodalanishi koʻzda tutilmoqda. Bu qism uchun “Tamaddun sari ilk qadam” degan nomli katalog tayyorlanishi taklif qilindi.

 

🔹 Qadimgi Baqtriyaga bagʻishlangan qismda Ptolemey xaritasi joylashtirilib, Buddaviylik tarqalishi maxsus vizual elementlar orqali koʻrsatiladi. Aleksandr Makedonskiy obrazi tarixi va estetikasiga muvofiq ravishda qayta ishlanadi.

 

🔹 Qadimgi Xorazm qismida yulduzlar tartibi va astronomik belgilar texnik jihatdan yangilanadi. Zardushtning “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal” shiori markaziy elementga aylanadi. 

 

🔹 Sugʻd qismda Spitamen obrazi atrofiga xalq obrazlari qoʻshilib, qahramonlik ruhi kuchaytiriladi. Niqobli haykal kompozitsiyadan chiqariladi.

 

🔹 Fargʻona va Choch qismida ayol obrazi tarixiy aksessuarlar orqali boyitiladi. Otlar soni qisqartirilib, Choch va Fargʻona tangalari aniq va toʻliq koʻrinishda namoyon etiladi.

 

🔹 Buyuk Ipak yoʻliga bagʻishlangan qismda tarixiy xaritada xitoyliklar obrazi ishonchli va faktik asosda berilsa, Rim va Vizantiya kabi davlatlar ham xaritaga kiritilishi taklif qilindi.



 

    Ekspozitsiyaning barcha qismlari tarixiy hujjatlar, ilmiy manbalar va badiiy ifoda usullariga tayanilgan holda tayyorlanmoqda. Mutaxassislar taʼkidlashicha, ushbu ekspozitsiya nafaqat mahalliy, balki xalqaro auditoriya uchun ham katta maʼnaviy va taʼlimiy ahamiyatga ega boʻladi.