Amir Temur yoquti nusxasi ISM ekspozitsiyasidan oʻrin olishi rejalashtirilmoqda
Qirolicha Viktoriya uchun yasalgan taqinchoqni bezab turgan Amir Temur yoquti nusxasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga joylashtirilishi kutilmoqda.
Amir Temur bu afsonaviy javohirni 1398 yilda Hindistonga harbiy yurish chogʻida qoʻlga kiritgan. Toshning ogʻirligi 72 gr (361 karat). Amir Temur vafotidan soʻng tarixiy jarayonlar natijasi qimmatbaho tosh temuriylar, safaviylar, boburiylar, afgʻonlar, sikxlar va inglizlarga tegishli boʻlgan.
Ushbu yoqutda quyidagi tarixiy shaxslar nomi yozilgan – Amir Temur Koʻragon, Mirzo Ulugʻbek, Shoh Abbos, Jahongirshoh, Shoh Jahon, Ahmadshoh. Toshda "Hindistondan olib kelingan yoqut, shohlar shohi Sulton Sohibqironning yigirma besh ming asl javohirotlaridan biridir" bitigi keltirilgan.
Qimmatbaho tosh 1849 yilda Ost-Indiya kompaniyasining mulkiga aylangan. 1851 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya uchun yasalgan taqinchoqning markaziy elementi sifatida ishlatilgan. 1853 yil “Garrard & So.Limited” tomonidan taqinchoq qayta ishlanangan va markazdagi toshni alohida bezak (brosh) sifatida taqishga moʻljallagan. Yaʼni bu bezak «Koʻhi-Nur» bilan navbatma-navbat almashtirib taqishga moslashtirilgan. Taqinchoq “Garrard & So. Limited” tomonidan Qirolichaning buyrugʻi bilan yana qayta ishlangan boʻlsada, u haligacha hech qachon taqilmagan. Qirolicha Yelizaveta bu taqinchoqdan juda taʼsirlanganini aytgan, hatto unga mos maxsus libos tikish kerakligini taʼkidlagan. Ammo, avvalgi qirolichalar kabi, u ham bu noyob zargarlik buyumini taqmagan.
Bugungi kunda ushbu taqinchoq Buyuk Britaniya qirolligi Bukingem saroyining «Hindiston» xonasida saqlanadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma