“Buxoro – ilm va madaniyat markazi” medialoyihasi doirasida yangi ekspozitsiyalar yaratilmoqda



 

    Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Buxoro – ilm va madaniyat markazi” medialoyihasi doirasida qator muhim ishlar olib borilmoqda. Loyiha maqsadi — Buxoro shahrining yuksak madaniy va ilmiy salohiyatini zamonaviy texnologiyalar asosida keng namoyon etishdir.

 

    Ushbu tashabbus doirasida X asrda faoliyat yuritgan Somoniylar kutubxonasi —“Savonunul hikmat” maketi yaratilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Buxoro tarixida muhim oʻrin tutgan madrasalarning maketlari shahar tarixiy xaritasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. 

 

    “Buxoro – ilm-fan va madaniyat poytaxti” mavzusida hujjatli film tayyorlanishi ham koʻzda tutilgan. Shaharga virtual sayohat uyushtirilib, tarixiy obidalar va ilmiy meros 3D formatda namoyish etiladi.

 

    Tayyorlanayotgan barcha mediamahsulotlar Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi tarkibida namoyish etiladi va Buxoroning dunyo tamaddunidagi oʻrnini yanada yorqinroq aks ettiradi.