Qonunchilik hujjatlar va topshiriqlari ijrosi taʼminlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ijro intizomini yanada mustahkamlash borasida bir qator amaliy ishlar tizimli yoʻlga qoʻyilmoqda.
Xususan, Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, barcha boʻgʻindagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qatʼiy rioya etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyati, javobgarligini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 7 oyi davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, edo.ijro.uz Idoralararo yagona elektron tizimi portaliga jami 100 ta qonunchilik hujjatlari kelib tushgan boʻlib, ular oʻz vaqtida roʻyxatga olinib, masʼul ijrochilarga yetkazildi. Topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi qatʼiy nazoratga olindi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni bajarishda, «Ijro.gov.uz» tizimida faoliyat yuritadigan masʼul ijrochilarga Adliya idoralari tomonidan doimiy ravishda huquqiy-uslubiy koʻmak amalga oshirilib kelinadi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammo va kamchiliklar mavjud emas.
Kelgusida ijro intizomini yanada mustahkamlash, ijro hujjatlari ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi boʻyicha aniq hisobdorlikni taʼminlash maqsadida:
➖mazkur jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish;
➖ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish;
➖ijro intizomida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlarga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha birinchi rahbarga takliflar kiritish;
➖har hafta juma kuni yangi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlar toʻgʻrisida birinchi rahbarni xabardor qilish;
➖ ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam koʻrsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda oʻquv seminarlar hamda mashgʻulotlarni tashkil etish belgilangan.
Mazkur yoʻnalishda ishlar davom ettirilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot Markazning veb-sahifasiga joylashtirib boriladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
