O‘rta asrlarda shahodatnomalar qanday ahamiyatga ega bo‘lgan?
O‘rta asrlarda talabalar uchun beriladigan shahodatnomalar hayotda muhim o‘rin tutgan. Ushbu hujjatlar madrasa ta’limi muvaffaqiyatli yakunlanganini bildirib, shaxsning ilm-salohiyati, kasbiy maqomi va ijtimoiy mavqeini belgilagan.
Shahodatnoma (Ijoza) muddatga emas, aniq bir mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishga qarab berilgan. Bitiruvchilar faqat shaxsiy sifatlari bilan emas, o‘z ijozalari bilan ham tanilgan, ishga qabul qilingan va hatto sovchilikda ham bu alohida o‘ringa ega bo‘lgan. Shahodatnomalar tegishli joyda saqlangan, unda kim tomonidan berilgani muhim ahamiyat kasb etgan.
Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida aynan shunday shahodatnomalarning ilk ko‘rinishlari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Qozizoda Rumiy, Sa’duddin Taftazoniy, Fazlulloh Abullaysiy va Mustafo Rumiy kabi yirik olimlar tomonidan berilgan ijozalarning qo‘lyozma nusxalari tarjimalari bilan tayyorlanadi. Ularning mulyaj va faksimile ko‘rinishlari muzeyda namoyish qilinadi.
Shu bilan birga, mazkur ijozalarning o‘rta asr odamlari hayotidagi ahamiyatini ochib beradigan videorolik ham tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
