Bugun maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar tavallud topgan kun
1884 yil Xiva shahridagi hunarmand oilasida dunyoga kelgan Avaz Oʻtar, oʻzbek maʼrifatparvarlik harakatining yirik vakili sifatida adabiyot tariximizda alohida oʻrin tutadi. Yoshligidanyoq ijodga qiziqqan shoir 14 yoshida sheʼr yozishga kirishgan, 18 yoshida esa xalq orasida shoir sifatida nom chiqargan. Uning gʻazal va lirik sheʼrlari xalq qoʻshiqlariga aylanib, keng tarkalgan.
Avaz Oʻtar haqidagi shon-shuhrat Xiva xonligi saroyigacha yetgan. Saroy adabiy hayotiga boshchilik qilgan Muhammad Rahimxon soniy (Feruz) uni ham saroyga chorlagan. Biroq shoir saroy muhiti bilan chiqisholmay, erkin ijod yoʻlini tanlagan.
Shoir gʻazal, muxammas, ruboiy janrlarida ijod qilib, asarlarida jaholatga qarshi kurash, ilm-maʼrifatni rivojlantirish, millat maʼnaviyatini koʻtarish gʻoyalarini ilgari surgan. Uning sheʼrlari XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Xorazm ijtimoiy-siyosiy hayoti bilan chambarchas bogʻliq.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Avaz Oʻtar – oʻzbek maʼrifatparvar shoiri” nomli medialoyihani amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida shoirning nazmiy merosi ilmiy tahlil qilinadi, multimedia materiallar, interaktiv koʻrgazmalar va vizual taqdimotlar tayyorlanadi, Avaz Oʻtarning maʼrifatparvarlik gʻoyalari zamonaviy auditoriyaga yangicha formatda yetkaziladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
