Hech kim kutmagan eksponat! 600 yil saqlangan sanʼat moʻjizasi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida namoyish etiladi
🔴Temuriylar davrining shakllanishi ilk izlari
🔴 XIV–XV asrlarga oid noyob asar
Markaziy Osiyo keramika merosining durdonasi – bugʻu tasvirlangan anor shaklidagi koʻza Oʻzbekistonga keladi.
Islom sivilizatsiyasi markazida yaqin kunlarda namoyish etilishi kutilgan navbatdagi badiiy eksponat – XIII–XIV asrlarga oid, Ilxoniylar davriga mansub noyob anor shaklidagi koʻza muzey ixlosmandlarini kutmoqda.
Balandligi 25,2 sm, kengligi 18,1 sm boʻlgan mazkur koʻza nafaqat oʻzining shakli bilan, balki yuzasidagi bugʻu tasviri va gullik ornamentlari bilan ham eʼtiborni tortadi. Unda Xitoy chinni sanʼati taʼsirini koʻrish mumkin boʻlib, bu madaniy aloqalarning oʻsha davrda qanchalik keng qamrovli boʻlganini anglatadi.
Ushbu eksponat XIV–XV asrlarda keng tarqalgan Temuriylar oq-koʻk keramikasiga xos uslublarning ilk namunasi sifatida ham baholanmoqda. Shu bois, u Temuriylar davri sanʼatining shakllanish jarayonini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.
Qayd etish kerakki, Movarounnahrning XIII–XIV asrlarga oid bunday keramik buyumlari juda kam saqlangan. Hozirda Aron galereyasi (Angliya) kolleksiyasida saqlanayotgan ushbu noyob koʻza tez orada Islom sivilizatsiyasi markazidagi “Ikkinchi Renessans” zalida keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
