Sulton saroyining tarixiy “xati”
🔴 Sanʼat va madaniyatning jonli guvohi
🔴 Yuksak badiiy qadriyatga ega asar
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan betakror artefakt — X–XI asrlarga oid oltin qoplamali patnis namoyish etilmoqda. Ushbu yuksak badiiy qadriyatga ega asar Somoniylar amiri va Gʻaznaviylar sulolasi vakili Abu Mansur ibn Sabuqteginga mansub ekani bilan alohida eʼtiborga loyiq.
Patnisning oʻlchami 37 × 22 sm boʻlib, u nafaqat hashamatli ashyo, balki xalq amaliy sanʼatining yuksak darajadagi namunasi sifatida baholanadi. Unga xos bezaklar va ishlov berish uslubida Somoniylar va Gʻaznaviylar davri sanʼatining uygʻunligi namoyon boʻladi. Bu madaniy uzviylik ikki sulolaning hunarmandchilik anʼanalari rivojini koʻrsatadi.
Ushbu noyob yodgorlikning Islom sivilizatsiyasi markazidagi ekspozitsiyasi xalqimiz tarixiy merosini keng targʻib etish va kelajak avlodlarga yetkzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Patnis — nafaqat moddiy madaniyat namunasi, balki tarix, sanʼat va madaniy merosning jonli guvohi sifatida alohida qadrlanadi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
