“Qadimiy meros – zamonaviy muloqot!” Dunyo olimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga havas qildi!
10–13 sentabr kunlari Toshkent shahrida millatlar va dinlararo totuvlikni targʻib etuvchi “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Unda dunyo miqyosidagi nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, turli mamlakatlardan kelgan ekspertlar ishtirok etdi.
Forum jarayonlarida delegatsiya aʼzolari oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi. Bu esa tadbirni mazmun jihatdan yanada boyishiga xizmat qildi.
Delegatsiya aʼzolari Forum kun tartibi doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi. Ular markaz muzeyida tashkil etilayotgan zamonaviy infratuzilma, interaktiv ekspozitsiyalar va yurtimiz maʼnaviy merosiga yuqori baho berdilar. Bu tashrif muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.
Imom Tolib Sharif, Vashingtondagi Muhammad masjidi rahbari:
“Bu maskanda boʻlish – katta sharaf. Oʻzbekistonning asrlar davomida islom maʼnaviy markazi boʻlib kelganini yana bir bor his qildik.”
Muhammad Elbagir Ali Elsanusi, AQSh diniy arbobi:
“Oʻzbekiston kabi koʻp tarixiy shaxslar yetishtirgan yurt yoʻq, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Bu tarixning turli qirralarini koʻrib, juda xursand boʻldim. Bugungi muloqot kelajakdagi hamkorliklarimiz uchun katta imkoniyat yaratdi.”
Jeffri Klark Devis, AQSh Kongressining sobiq aʼzosi:
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini yuqori baholayman. U kishining ochiqlik va hamjihatlik sari qoʻygan jasur qadamlari nafaqat oʻzbekistonliklar, balki butun dunyo uchun tahsinga loyiq. Dunyoning turli burchaklaridan kelganlar uchun ushbu maskanda muloqot qilish imkonini yaratgani alohida eʼtirofga loyiq. Bu yerdagi muloqotlar xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiga yoʻl ochadi.”
Forum ishtirokchilari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ochiqlik, bagʻrikenglik va hamjihatlik siyosatiga katta qiziqish bildirdi va amaliy takliflari bilan qoʻllab-quvvatladi. Bu yurtimizning xalqaro nufuzi va maʼnaviy qadriyatlarini yanada yuksaltirishi uchun yangi qadam, deyish mumkin.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
