65 metrli moʻjiza: Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi gumbazi ostidagi sirlar
🔴Toshkentda paydo boʻlgan yangi ramz
🔴Osmon, nur va ilm mujassam boʻlgan moʻʼjiza
Oʻzbekiston poytaxtida qurilishi yakunlanayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi – nafaqat mamlakat, balki butun mintaqa uchun eng yirik maʼnaviy-maʼrifiy maskanlardan biriga aylanadi. Hozirda markazda bezak-pardozlash va eksponatlarni joylashtirish ishlari qizgʻin kechmoqda.
Markazning eng muhtasham va mahobatli qismi – 65 metrli ulkan gumbaz. U nafaqat meʼmoriy moʻʼjiza, balki chuqur ramziy maʼnolarga ega inshoot sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ranglar tili – osmon va nur uygʻunligi
Gumbazda hukmron koʻk va turkuaz ranglar osmon, ruhiy poklik va xotirjamlikni anglatsa, oltin tusli bezaklar ulugʻvorlik va ilohiy nur timsoli hisoblanadi. Oq rang esa butun kompozitsiyaga poklik va muqaddaslik ruhini bagʻishlaydi.
Shakl va naqshlar – ilohiylik ramzi
Gumbazning yarim shar koʻrinishi osmonning cheksizligini, pastki qismidagi yulduzsimon shakllar esa barqarorlik va tartibni ifodalaydi. Girih naqshlari – ilohiy tartib va cheksizlik ramzi, yulduzsimon naqshlar – ilm va nur belgisi, arabesk bezaklar esa hayot va yangilanish maʼnosini beradi.
Umumiy kompozitsiya – inson va Alloh oʻrtasidagi koʻprik
Ranglar toʻyinganligi yuqoridan pastga qarab pasayib borishi “ilohiy nurning yerga tushishi”ni eslatadi. Simmetriya esa diqqatni markazga, yaʼni yagona Yaratganga qaratadi.
Markaz gumbazi nafaqat meʼmoriy goʻzallik namunasi, balki osmon va yer, ilm va maʼnaviyat, ilohiylik va insoniyatni uygʻunlashtiruvchi ramziy koʻprik sifatida qad rostlamoqda.
Laylo Abdukaxxarova
P/S:Maqoladan markaz rasmiy sayti havolasini koʻrsatgan holda foydalanish mumkin.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
