Har bir qoʻlyozma — bir olam, har bir kitob — tarixning kaliti
Qoʻlyozmalar jonlanadi, manbalar raqamlashadi, kutubxona esa global tadqiqot maydoniga aylanadi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasidagi yigʻilish aynan shu maʼnaviy merosni yangi avlod uchun zamonaviy tarzda taqdim etishga qaratildi.
Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasida faoliyatni takomillashtirishga bagʻishlangan ishchi guruhning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda kutubxonaning strategik yoʻnalishlari, axborot-resurs bazasini boyitish, raqamli xizmatlarni joriy etish hamda foydalanuvchilar uchun qulay muhit yaratish masalalari keng muhokama qilindi.
Alohida eʼtibor qaratilgan yoʻnalishlar:
◾️ ilmiy va maʼrifiy faoliyatni zamon talablariga mos yoʻlga qoʻyish;
◾️ milliy va xalqaro nashrlar, qoʻlyozmalar hamda raqamli manbalar asosida axborot-resurs bazasini shakllantirish;
◾️ oʻquv zallari uchun interaktiv va audiovizual kontent yaratish;
◾️ elektron xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Yigʻilishda, shuningdek, 26–27 sentabr kunlari oʻtadigan Xalqaro ekspertlar konferensiyasiga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi. Bu jarayonda kutubxonaning texnik va raqamli infratuzilmasini toʻliq ish holatida tayyorlash, mehmonlarni qabul qilish, ekskursiyalar tashkil etish kabi tashkiliy vazifalar belgilandi.
Ishchi guruh rahbari U.Teshabayeva 24 sentabr kuni boʻlib oʻtadigan Markazning kengaytirilgan ilmiy kengashida kutubxona faoliyati yuzasidan hisobot va istiqbol rejalari taqdim etilishini maʼlum qildi.
Yigʻilish yakunida ishchi guruh aʼzolari qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar. Ular asosida amaliy vazifalar belgilandi va ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi — bugungi kunda ilm-fan, maʼnaviyat va madaniyat uygʻunlashgan ilmiy maskan sifatida tadqiqotchilar, olimlar va keng jamoatchilik uchun noyob manbalar taqdim etishni davom ettirmoqda. Kelgusida u xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ochiq raqamli bazani yaratish orqali oʻz salohiyatini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
