Sir Peter Glukman: “Islom sivilizatsiyasi markazi kelajakda dunyoning eng nufuzli ilmiy-maʼrifiy maskanlaridan biriga aylanadi”
Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekistonda, balki jahon miqyosida ham ilm, madaniyat va maʼrifat uygʻonishining yangi ramziga aylanmoqda. Bu yerga tashrif buyurayotgan xalqaro nufuzli olimlar, siyosiy arboblar va jurnalistlar markaz faoliyatidan chuqur taassurot bilan qaytmoqda.
Shu kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurgan dunyoning eng yirik ilmiy tashkiloti — International Science Council prezidenti, professor Sir Peter Glukman ham Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida namoyish etilgan ilmiy va madaniy merosni “insoniyat tafakkurining yuksak namunasi” deb taʼrifladi. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat diniy merosni, balki Oʻzbekistonning jahon sivilizatsiyasidagi oʻrnini ilmiy asosda ochib beruvchi beqiyos loyihadir.
— Forobiy, Ibn Sino kabi buyuk zotlar insoniyatni ilmiy taraqqiyotning yangi pogʻonasiga olib chiqqan. Algebra, algoritm kabi fundamental tushunchalar aynan shu mintaqadan kelib chiqqan. Biz Gʻarbda bu haqda yetarlicha bilmaymiz, holbuki, bu haqiqatlar butun dunyo uchun beqiyos ahamiyatga ega.
Bu markaz yaqin yillarda dunyodagi eng muhim ilmiy-maʼrifiy maskanlardan biriga aylanadi. U nafaqat muzey, balki bilim va madaniyatni birlashtirgan ilmiy-tadqiqot markazidir. Oʻzbekiston Prezidentining teran fikrliligi va ilmiy merosga boʻlgan chuqur ehtiromi tahsinga sazovor, — deya taʼkidladi u.
Ko‘p o‘qilgan

Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
