Oʻzbekistonda maʼrifat va madaniyatning yangi davri boshlanmoqda!
🔴 Islom sivilizatsiyasi markazida tarixiy forum boʻladi!


Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida joriy yilning 13-15-noyabr kunlarida boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyoda maʼnaviy meros va maʼrifatparvarlik” mavzusidagi xalqaro kongressga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Markazning navbatdagi Ilmiy kengashi yigʻilishida ayni shu xalqaro nufuzli tadbirga tayyorgarlikni yanada jaddalshtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda kongress dasturining asosiy yoʻnalishlari, ilmiy va madaniy tadbirlar mazmuni, tashkiliy masalalarning yakuniy bosqichlari batafsil muhokama qilindi.
Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlar ishtirokida oʻtgan muloqotda forumni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgani taʼkidlandi. Xususan, yalpi yigʻilishlar va shoʻʼba muhokamalari mavzulari, ilmiy toʻplam va koʻrgazma loyihalarining badiiy yechimlari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, “Markaziy Osiyo maʼnaviy merosi” nomli maxsus ilmiy toʻplam tayyorlanayotgani maʼlum qilindi. Unda mintaqa mamlakatlarida saqlanayotgan qoʻlyozma merosi, maʼrifatparvarlik gʻoyalari va ularning zamonaviy tahliliga bagʻishlangan ilmiy maqolalar jamlanadi.

– Bu xalqaro forum ilm-fan, tarix, madaniyat, sanʼat, kino, muzeyshunoslik va kutubxona ishi uchun muhim maydon boʻladi, – dedi tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova. – Eng muhimi, bu yilgi anjumanda 300 ga yaqin xorijiy va mahalliy olimlar ilk bor Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazini koʻrish imkoniga ega boʻladi.
Kongress dasturi doirasida yoshlar forumi, madaniy koʻrgazmalar va “Markaziy Osiyo: buyuk oʻtmish — buyuk kelajak” mavzusidagi badiiy ekspozitsiya ham tashkil etiladi. Bu loyihalar orqali mintaqa xalqlarining umumiy ilmiy va madaniy merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi keng namoyon etiladi.
Eslatib oʻtamiz, xalqaro kongress 2025 yil 13–15 noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Forum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda WOSCU tashkiloti hamkorligida oʻtkaziladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma