Oʻzbekistonda “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress oʻtkazilmoqda.


 

 

Markaziy Osiyoning 350 ga yaqin olimlari, sanʼatshunoslar, taʼlim va madaniyat sohasi vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

 

 


Dastlab ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishtirildi va markaz tarixi haqidagi hujjatli film namoyish etildi.
 

 

 

Davlatimiz rahbari xalqaro kongress ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi. Tabrikni Prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov oʻqib eshittirdi. Davlat rahbarining tabrigida bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda xalqlar oʻrtasida tinchlik, barqarorlik va hamjihatlikni saqlash, ilm-maʼrifat va madaniyatga tayanish, sivilizatsiyalararo muloqotni rivojlantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani taʼkidlandi.

 

“Ishonchim komilki, bugungi forum mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va sheriklik rishtalarini yanada mustahkamlaydi, gumanitar hamkorlikni kengaytiradi va yangi ilmiy hamda maʼrifiy loyihalar uchun samarali maydonga aylanadi”, — deya taʼkidlangan Prezident tabrigida.

 

 

 

 

 

Kongress kun tartibi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon Madaniyat vazirlari ishtirokida boʻlib oʻtgan shoʻʼba yigʻilishida davlat idoralari, fanlar akademiyalari, muzeylar va madaniyat arboblari ishtirokida turli sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

“Markaziy Osiyo: umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi doirasida ishtirok etgan qoʻshni davlatlar madaniyat va fan namoyandalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik soʻzini mintaqamiz xalqlari uchun tinchlik, maʼrifat va madaniy hamjihatlik sari ilhomlantiruvchi daʼvat sifatida eʼtirof etdilar.

 

 

Shu oʻrinda qayd etish kerakki, Kongressning aynan Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgani ramziy ahamiyatga ega. Chunki bu majmua Markaziy Osiyoning uch ming yillik tarixi, Renessans davrlari va Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotini oʻz ichiga olgan noyob ilmiy-maʼrifiy maskan hisoblanadi.

 

Jarayonlarni biz bilan kuzating!



Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati