O‘zbekistondagi megaloyiha ekspozitsiyasi dizayni bo‘yicha italiyalik hamkorlar takliflari muhokama qilindi
Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etiladigan Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasining dizayni qanday ko‘rinishda bo‘lishi muhokama qilindi. Qolaversa, manzilda qanday sektorlar tashkil etilishi, qaysi eksponatlar joylashtirilishi va qanday mavzular yoritilishi atroflicha tahlil qilindi.
Jarayonda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Bahrom Abduhalimov, Fanlar akademiyasi ilm-fan targ‘iboti markazi direktori, akademik Akbar Hakimov, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Surayyo Karimova va boshqalar ishtirok etdi.
Fanlar akademiyasi ilm-fan targ‘iboti markazi direktori, akademik Akbar Hakimovning ma’lum qilishicha, loyiha bo‘yicha italiyalik rassom va dizaynerlar bilan hamkorlik qilinmoqda:
“Xorijlik hamkorlarimiz ekspozitsiyada 8 ta kapsuladan iborat ko‘rgazmalar tashkil etishni taklif qilishmoqda. Ularning har biri aynan qanday ko‘rinishda bo‘lishi bo‘yicha biz o‘zimizning g‘oyalarimizni aytdik. Har ikki tomonning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda umumiy qarorga kelamiz. Ammo bu uchun yana ozroq vaqt kerak bo‘ladi. Hamkorlarimiz bilan doimiy tarzda masofadan turib fikr almashyapmiz."
Loyiha atrofidagi muhokamalar davom etmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

37,7 metrlik meʼmoriy moʻʼjiza: Ulugʻbekning asrlar oshgan ilmiy merosi endi Toshkentda porlamoqda!

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi
