CNN World: "Markaziy Osiyoning umumiy merosi – taraqqiyotga olib boruvchi yoʻl"

 

CNN nashri Oʻzbekistonda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va uning Markaziy Osiyodagi maʼnaviy-maʼrifiy merosni tiklashdagi ahamiyati haqida maqola chop etdi. Materialda markazning VIII–XIII asrlarda hozirgi Oʻzbekiston va atrof hududlarda shakllangan ilmiy-maʼrifiy anʼanalarni saqlash va keng targʻib qilishdagi rolini, Birinchi xalqaro kongressda mintaqaviy olimlar, tadqiqotchilar va madaniy namoyandalarni birlashtirganini, shuningdek, nodir qoʻlyozmalar va bebaho artefaktlar orqali zamonaviy dunyoda Oʻzbekistonning nufuzini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar keng yoritilgan.

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilgan Birinchi xalqaro kongress ishtirokchilari mintaqaga xos maʼnaviy va maʼrifiy anʼanalar merosi haqida fikr yuritib, kelajakka oid ijobiy kayfiyatda ekanliklarini taʼkidladilar.


Ilm-fan va tafakkur beshigi


VIII–XIII asrlarda Abbosiylar xalifaligi davrida hozirgi Oʻzbekiston va atrof hududlar Islom olamining eng muhim ilmiy markazlaridan biri hisoblangan. Aynan shu davr va hududda ilm-fan, matematika, astronomiya, geografiya kabi sohalarda paydo boʻlgan tubdan yangi gʻoyalar zamonaviy dunyoqarashning shakllanishiga asos solgan.


Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bu buyuk ilmiy-manaviy merosni asrab-avaylash va xalqaro jamoatchilikka yetkazish maqsadida bebaho artefaktlar, nodir qoʻlyozmalar va zamonaviy multimediaviy ekspozitsiyalarni oʻz ichiga olgan keng miqyosli ekspozitsiyani taqdim etmoqda.


2025 yil noyabr oyida mazkur Markaz Birinchi xalqaro kongressga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo va Ozarbayjondan tashrif buyurgan olimlar, tadqiqotchilar, madaniyat namoyandalari umumiy madaniy merosni muhokama qilish va barqaror kelajak yoʻlida muloqotni kuchaytirish maqsadida bir maydonga jam boʻldilar.

 

“Kongress uchun aynan Islom sivilizatsiyasi markazining tanlanishi bejiz emas”, — dedi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz tabrigida. “Bu betakror maʼnaviy-maʼrifiy majmuada sizlar uch ming yildan ortiq tarix bilan tanishib, Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy yutuqlari va kelajakka qaratilgan maqsadlari haqida yangicha tasavvurga ega boʻlishingiz mumkin”.

 

The Center is an intellectual space housing a history that spans more than three millennia

Uch ming yillik tarixi mujassam intellektual makon


Kongress doirasida tarixiy-madaniy meros, kutubxona va arxivlar rivoji, mintaqaviy sanʼat, adabiyot va kino sohalariga bagʻishlangan sakkizta mavzuli shoʻʼba yigʻilishlari oʻtkazildi. Ishtirokchilar taʼlim sohasidagi dolzarb vazifalar, raqamli davrda yosh avlod oldida ochilayotgan imkoniyatlar va ularning intellektual rivoji masalalarini ham muhokama qildilar.


Oʻzbekistonda yoshlarning bilimli, faol va zamonaviy koʻnikmalarga ega boʻlgan yetuk avlod boʻlib kamol topishini taʼminlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.


Kongressning maʼnaviy ramziyligi sifatida Markazning asosiy zaliga Islom dunyosidagi eng qadimiy qoʻlyozmalardan biri — Usmon Qurʼonining joylashtirilishi katta ahamiyat kasb etdi. Ishtirokchilar buni muqaddas merosga nisbatan hurmat, uzviylik va islom madaniyatining mehr yogʻi kabi kabul qildilar.


VII asrga mansub ushbu nodir nusxa asl kanonik matnning saqlanib qolgan eng qadimiy varianti hisoblanadi. Hozirda u Markazning 65 metrli ulkan gumbazi ostida, mintaqaning maʼnaviy va intellektual qudratini aks ettiruvchi artefaktlar oʻrtasida munosib oʻrin egallamoqda.

 

“Konflikt va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bugungi murakkab sharoitda tinchlik va barqarorlikni saqlash eng muhim vazifamizdir”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. “Biz barcha masalalarga bilim va maʼrifat asosida yondashishimiz, xalqlar oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlashimiz, madaniyat va sivilizatsiyalar oʻrtasida muloqotni kengaytirishimiz lozim”.

 

The Uthman Qur’an is exhibited in a dedicated hall to honor the sacred heritage of Islamic civilization


Kelajak barqarorligi yoʻlida hamjihatlik


Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari uchrashuvi arafasida Prezident Mirziyoyev mintaqaning jahon taʼlimi, fan va madaniyatiga qoʻshgan hissasiga bagʻishlangan BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.


Murakkab xalqaro jarayonlar fonida kongress diplomatik va siyosiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etdi. U madaniy hamkorlik mintaqa davlatlari oʻrtasida ishonchni mustahkamlashning samarali vositasiga aylana olishini yana bir bor koʻrsatdi. Yuzlab delegatlarni birlashtirgan kongress Markaziy Osiyoning jahon sivilizatsiyasi tarixidagi beqiyos oʻrnini yana bir bor namoyon qildi.

 

“Markaziy Osiyo shunchaki geografik hudud emas — u buyuk gʻoyalar, yaratuvchilik va maʼrifat manbai”, — dedi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va WOSCU raisi Firdavs Abduxoliqov.

 

“Oʻzbekiston Prezidentining tashabbusi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va islom olamining madaniy-tarixiy merosini tiklash va ulugʻlashga qaratilgan. Markaz bu oliyjanob vazifani amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi”.


2017 yilda Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etila boshlangan Islom sivilizatsiyasi markazi hozirda oxirgi tayyorgarlik bosqichida boʻlib, 2026 yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan.