Euronews: "Dunyo miqyosidagi ziyoratgohning qayta tiklanishi: Imom al-Buxoriy majmuasi"

Euronews nashri Oʻzbekistonda musulmon olamining eng muqaddas ziyorat maskanlaridan biri hisoblangan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasining keng koʻlamli qayta tiklanishini yoritdi. Materialda Samarqand yaqinida joylashgan ushbu ziyoratgohning asrlar davomidagi tarixiy ahamiyati, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy merosiga boʻlgan ehtirom, shuningdek, anʼanaviy meʼmorchilikni zamonaviy infratuzilma bilan uygʻunlashtirgan holda yaratilgan yangi majmua dunyo miqyosidagi ziyorat va maʼnaviy maskan sifatida taqdim etilgan.
Oʻzbekiston Samarqand yaqinida joylashgan, musulmon olamining eng muqaddas ziyorat maskanlaridan biri — Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasini keng koʻlamda qayta taʼmirlash ishlarini yakunladi.
Samarqanddan 25 km uzoqlikdagi Hartang qishlogʻida joylashgan Imom al-Buxoriyning qabri asrlar davomida muqaddas ziyoratgoh boʻlib kelgan. Imom al-Buxoriy (milodiy 810–870 yillar) buyuk islom olimi, Paygʻambar Muhammad (s.a.v.) hadislarini jamlagan eng ishonchli manbalardan biri — «Sahih al-Buxoriy» asarining muallifidir.
XVI asrda uning qabri ustiga kichik sagʻana va masjid qurilgan, muqaddas maskan atrofida chinorlar qad rostlagan. 1998 yilda, Imom al-Buxoriyning tavallud topganiga 1225 yil toʻlishi munosabati bilan, Oʻzbekiston hukumati rahnamoligida ushbu qadimiy mozor oʻrnida yangi yodgorlik majmuasi barpo etildi.
Yurtimizning turli hududlaridan kelgan mohir ustalar maqbara, masjid, maʼmuriy hamda diniy-maʼrifiy binolarni barpo etib, Markaziy Osiyoga xos anʼanaviy meʼmorchilikni zamonaviy bunyodkorlik bilan uygʻunlashtirdilar.
Bugun kengaytirilgan majmua dastlabki hududidan ancha katta maydonni egallaydi. Unda ulkan gumbazli maqbara, keng masjid, obodonlashtirilgan hududlar va zamonaviy infratuzilma mavjud boʻlib, barchasi dunyoning turli burchaklaridan kelayotgan ziyoratchilar va mehmonlarga xizmat qilishga moʻljallangan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma