“Bu jahon ahamiyatiga ega bebaho boylik”

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga Gruziyaning yirik energetika kompaniyasi — Petrocas vakillari tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar markazda tashkil etilgan ilmiy-maʼrifiy ekspozitsiyalar, jumladan, islomdan avvalgi davr, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga bagʻishlangan boʻlimlar bilan yaqindan tanishdilar.
Ekspozitsiyalarda ajdodlarimiz qoldirgan boy maʼnaviy va ilmiy meros, turli tarixiy davrlarga oid nodir artefaktlar, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida taqdim etilgan interaktiv namoyishlar mehmonlar eʼtiborini tortdi. Ayniqsa, jahon ilm-fani tarixida muhim ahamiyatga ega boʻlgan globus kabi ilmiy ixtirolar namoyishi yuqori baholandi.

Tashrif yakunida oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, kompaniya vakili Aleksey Dogonkin quyidagilarni taʼkidladi:
"Bu maskanda bir kunda barchasini toʻliq anglashga vaqt yetmasligi aniq. Bu juda ulugʻvor bino, haqiqatan ham buyuk meʼmoriy inshoot. Bu yerda tarix, fan va sivilizatsiya taraqqiyoti bir makonda jamlangan. Islom sivilizatsiyasining shakllanishidan tortib, Ikkinchi Renessans davrigacha boʻlgan ilmiy va madaniy merosni yaxlit holda koʻrish mumkin. Bu jahon ahamiyatiga ega bebaho boylik".
Mazkur tashrif Oʻzbekistonning boy tarixiy va ilmiy merosini xalqaro jamoatchilikka keng targʻib etish, shuningdek, madaniy-maʼrifiy sohadagi xalqaro muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma