Oʻzbekistonda “Birinchi Renessans” davri interaktiv ekspozitsiyasi tayyorlanmoqda
Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida “Birinchi Renessans davri” boʻlimida IX–XII asrlardagi ilk uygʻonish davriga oid davlatchilik, ilm-fan, madaniyat yutuqlari va buyuk allomalar merosini qamrab oladigan 7 mavzuli kapsuladan iborat ekspozitsiya tayyorlanyapti. Mutaxassislarning qayd etishicha, Markaz muzeyining “Birinchi Renessans davri” boʻlimi ekspozitsiyasi orqali milliy uygʻonish davri qayta kashf etiladi. Bu borada Italiyaning "Magister art" dizayn kompaniyasi mutaxassislari bilan olib borilayotgan hamkorlik natijasida jonlangan allomalar, sunʼiy intellekt, animatsion kontent, xalqaro eksponatlar va estetik muhitni qamrab olgan ekspozitsiya xalqaro muzey amaliyotidagi ilgʻor tajribalar darajasiga chiqarilishi kutilmoqda.