“114 Qurʼon” loyihasi yakuniy bosqichda: Ekspozitsiyada nurli sahifalardagi tarix va tamaddun
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi fransiyalik, turkiyalik va avstriyalik nufuzli mutaxassislar bian hamkorlikda “114 Qurʼon” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida Oʻzbekiston tarixiy merosiga tegishli dunyodagi Qurʼon qoʻlyozmalari tanlab olinadi va Markaz muzeyi asosiy qismi sifatida Qurʼoni karim zali boʻlimi ekspozitsiyasidan oʻrin oladi. Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida mazkur loyihaning yakunlovchi bosqichga yetayotgani munosabati bilan turkiyalik olim, Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez oʻz taqdimotini namoyish qildi.