Movarounnahr hadis maktablari interaktiv xaritada!
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Movarounnahr hadis maktabi tarixini yorituvchi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Shosh, Kesh, Termiz, Buxoro va Samarqand kabi mashhur ilmiy markazlarda shakllangan hadis maktablari interaktiv xarita orqali tasvirlandi.